Sport | 15:01 / 04.12.2018
10054
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘olib chiqqan o‘smirlar Toshkentga qaytishdi

4 dekabr kuni, 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘olib chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyadan Toshkentga qaytib keldi. 

Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda olimpiada g‘olibiga aylangan yosh iqtidor egalarini tantanali ravishda, gullar va bayroqlar bilan kutib olishdi.

Yosh qahramonlarni kutib olish marosimida O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi birinchi vitse-prezidenti Nazirjon Xudoyqulov, O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi vakillari, shaxmat bo‘yicha respublika maktabi rahbariyati, shaxmatchilar, olimpiada g‘oliblarining yaqinlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

Kun.uz tahririyati O‘zbekiston terma jamoasi, olimpiada g‘oliblarining yaqinlari, murabbiylari, shaxmatchilarni 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasida qo‘lga kiritilgan tarixiy g‘alaba bilan tabriklaydi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid