Hukumat qarori bilan Yöl-patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga köra, YPX xodimi quyidagi hollardagina haydovçi va yölovçilardan transport kabinasidan çiqişini talab qilişi mumkin:

transportdagi texnik nosozlik va yuk taşiş qoidasi buzilganligini bartaraf etiş uçun;

haydovçi transportni mast holda boşqarayotganida;

transportning dvigatel va agregat qismlari raqamlari bilan yozilgan raqamlar örtasida farq aniqlanganda;

transport yoki yuk hujjatlari mavjudligini tekşiriş zarurati yuzaga kelganda;

haydovçi yoki yölovçi jinoyat sodir etişda gumon qilinayotganda;

haydovçining kabinada bölişi yöl harakati xavfsizligini ta'minlaşga tahdid solişi mumkin bölganida.