Yöl-patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga köra, unga muvofiq:

transport töxtatilganda haydovçi YPX xodimi töxtatilgan hududda dislokatsiyaga asosan xizmat ötayotganligini tasdiqlovçi dislokatsiyaning köçirmasi bilan tanişişi mumkin;

YPX xodimi tomonidan özining dislokatsiyasidan taşqarida rasmiylaştirilgan bayonnomalar yuridik kuçga ega bölmaydi; 

YPX xodimi transportni va yuklarni közdan keçiriş, transportni ta'qib qiliş yoki kuzatiş huquqiga ega. Bunda yöl harakati qatnaşçilarining hayoti va soğliği uçun xavfli harakatlar sodir etilmasligi lozim;

YPX xodimi öz xizmat vazifalarini belgilangan ekipirovkada oşkora usulda amalga oşiradi hamda xizmatni yaşirin olib boriş taqiqlanadi.