Har gal propiska haqidagi navbatdagi xabarni öqib, yuragim şiğ etadi. «Propiska tartibi soddalaştirildi», «Xodimlarini Toşkent doimiy propiskasiga tavsiya etadigan taşkilotlar röyxati kengaydi» va hokazo. Aslida, şu matn içida meni quvontirib, hayotimni tubdan özgartirib taşlaydigan biror qudratli «iroda» yöq. Şunçaki, umid sönmagan, öqiyveraman. Balki, siz ham menga öxşab yaxşilikni kutasiz.
Propiska böyiça ikkita holatga heç tuşunmayman. Özbekistonda pasporti bölişi şart bölgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy bölmagan pasport bilan, vaqtinça yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi böyiça hisobda turmasdan yaşaşi, pasportni qasddan yaroqsizlantirişi, şuningdek pasportni beparvolik bilan saqlaşi va buning oqibatida pasportning yöqolişi holatlari böyiça jarima belgilangan. Masalan, Toşkent şahrida doimiy propiskaga ega bölmagan, biror viloyatda muqim yaşovçi Özbekiston fuqarosi poytaxtga kelib qolsa-yu, u şu zahoti içki işlar xodimiga duç kelsa, mana şu jazoga tortilişini köp uçratganman.
Lekin, uning qölida haqiqiy pasporti bor, öşa pasportda propiska muhri ham qadalgan. Uning aybi - Toşkentda doimiy hisobda turmasdan şaharga qadam ranjida qilgani, xolos. Kodeksda aniq bayon qilingan: turgan joyi böyiça hisobda turmasdan yaşaşi mana şunaqa jazoga sababçi böladi. Lekin, yaşaş joyi böyiça hisobga turişga şaroit, imkon, eng asosiysi - huquqiy asos bormi?
Özbekiston Konstitutsiyasi 28-modda quyidagiça bitilgan: Özbekiston Respublikasi Fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinçi joyga köçiş, Özbekiston Respublikasiga keliş va undan çiqib ketiş huquqiga ega. Qonunda belgilangan çeklaşlar bundan mustasnodir. Ta'kidlangan harakatlarga haqli inson huquqlaridan qanday foydalanişi, ayniqsa xorijga çiqiş masalasida ham hammasi joyida, masala faqat propiskada qolgan, deya olmayman. OVIR - katta mavzu, bundan buyoği tong otgunça mavzu böladi.
Gap faqat «bir joydan ikkinçi joyga köçiş» haqida ketganda moddada keltirilgan ikkinçi gap hafsalani pir qiladi. Avvallari «qonunda belgilangan çeklaşlar» jumlasi ozodlikdan mahrum etilgan kişilar, sud yo huquq-tartibot organlari qarori bilan harakatlanişi çeklangan şaxslarga qaratilgan, deb tuşunardim. Mantiqan, bu qoidalar batafsil etib qonunlarda belgilangan böladi. Ammo, boşqa bir mantiq borki, u sizda kulgi uyğotadi. Ya'ni, Konstitutsiya özidan quyi hujjatlarga havola bermoqda. Masalan, mening ismim pasportda yozilgan, ammo unda boşqa yozuvni ham tasavvur eta olasizmi: boşqa hujjatlarda yozilgan ism-şariflar bundan mustasno. Mening ismim pasportda bir, litsey bergan diplomimda boşqaça bölişi mumkinmi?
Vaholanki, Konstitutsiya mamlakatning pasporti, u haqda umumiy tuşunçalar taqdim etuvçi oliy qomus hisoblanadi. Qarabsizki, Toşkentga erkin kelişni Konstitutsiyamiz ham taqiqlaydimi?

















