Shavkat Mirziyoyev sud-tibbiy ekspertiza markazlari bo‘yicha yangi qaror imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi
Adliya vazirligi telegram-kanalining yozishicha, qaror bilan Sud-tibbiy ekspertiza bosh byurosini Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi etib qayta tashkil etish shuningdek, Markazning Toshkent shahar filialini tashkil qilish belgilandi.
Sud-tibbiy ekspertiza faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan joriy etish sud-tibbiy xizmatini isloh qilishning asosiy yo‘nalishi etib belgilandi.
Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sud-tibbiy ekspertizalari Markazning hududiy filiallari hisoblanadi va o‘z faoliyatida Markazga bo‘ysunadi.
Qaror bilan Markaz va uning hududiy bo‘linmalariga pullik xizmatlar ko‘rsatish huquqi beriladi.
Pullik xizmatlardan tushgan mablag‘larning 50 foizigacha bo‘lgan qismi Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Marhumlar jasadini tashish Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmati va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining hududiy filiallaridan Markaz va uning hududiy filiallariga o‘tkaziladi.
Toshkent shahrida Olmazor, Sergeli, Yunusobod va Yashnobod tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza punktlari ochish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.
Sud-tibbiy xizmat faoliyati sohasida elektron ma'lumotlar bazasini yaratiladi.
Shuningdek, qaror bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmatining moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dastur doirasida tanatologiya bo‘limlari (morglar) va laboratoriya bo‘linmalarida sud-tibbiy va kriminalistik tadqiqotlarni ISO 9001 va 17025 xalqaro mezonlariga muvofiq o‘tkazish uchun ularni sovutkichli kameralar, seksiyali to‘plamlar, zamonaviy jihozlar, uskunalar, butlovchi qismlar va reaktiv moddalar bilan ta'minlash nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Polsha Germaniya bilan chegarada chegara nazoratini joriy qildi
Jahon | 15:10
-
Rossiya Markaziy Osiyo energetika tizimlarining parallel ishiga qo‘shilish niyatida
Jahon | 15:04
-
Burchmullada yirik shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi
O‘zbekiston | 15:01
-
Tojikiston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasiga qo‘shilmoqchi
Iqtisodiyot | 14:57
Mavzuga oid

10:48 / 03.07.2025
Xususiy oliy ta’lim muassasasi ochish uchun yangi talablar belgilandi

13:25 / 01.07.2025
Ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin

14:49 / 24.06.2025
Birlamchi tibbiy yordam muassasalari uchun tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi tasdiqlandi

14:35 / 24.06.2025