Noyabr oyi oxirida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Boşoqli don yetiştirişni yanada rağbatlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilingan, unga köra, suvli yerlarda ğallaning har gektaridan 40 sentnerdan kam hosil oliş «yerga nisbatan xiyonat» deb baholanişi belgilangandi.
Yerning haqiqiy egasi yaratilgan imkoniyatdan samarali foydalanadi
Qarorni sinçiklab öqib çiqdim, könglim juda kötarildi. Men rahbarlik qilayotgan Xöjaobod tumanidagi «Azim Turkiston sarhadi» fermer xöjaligiga 42 gektar suğoriladigan yer maydoni ajratilgan. Mazkur yerga ön ikki yildan beri ğalla ekamiz, ötgan yillarda xarajatlarim va olgan kreditimizni arang qoplar edik, ortgan ğallani işçilarimizga bölib berardik, hisob raqamimizga pul tuşirib, ğalladan daromad ololmasdik.
Endi ğallaga haq tölaş tizimi tubdan özgardi. 2018 yil hosili uçun xarid narxi 750 sömga kötarilgani hisobiga yaxşigina daromad oldik. Rosa qiziqib, yerga mehr berib işladik.
Bu yil noyabrdagi Hukumat qarori biz fermerlarni yanada yaxşi işlaşga, kötarinki mehnat qilişga undadi va qiziqtirdi.
Özimning misolimda hisob-kitob qilib körganimda, 42 gektar yerga ekkan buğdoydan 70 sentnerdan hosil olişni közlab turibman. Buning uçun buğdoyga öz vaqtida suv qöyib, gektariga 200 kilodan fosforli, 100 kilodan azotli öğitni solib, bir dona uruğdan örtaça 6-8ta tuplanişga erişdim.
Hosil çöğini oşiriş uçun iş rejamni tuzib oldim. Qişda çilla suvini beriş, mahalliy öğit jamğariş, begona öt, zararkunandalarga qarşi kuraşiş, kamida 3-4 marta bargidan oziqlantiriş hamda boşqa işlarni öz vaqtida va sifatli bajarişni vazifa qilib oldim.
Hisob-kitob qilsam, 2019 yil hosilidan yarim milliard sömdan ziyod yoki ötgan yildagidan 2 barobar köp daromad oliş imkoniyatim bor. Boisi gektaridan 60 sentnerdan ziyod hosil olgan fermerlarga 25 foiz ustama haq belgilangani tufayli 1 kg don uçun 1 ming 500 söm olaman. Bundan taşqari, hosildorlikni qöşimça 10 sentnerdan köproqqa oşiraman.
Fikrimça, kim yer bilan tillaşib, halol mehnat qilib, yaxşi hosil yaratsa, albatta daromad oladi, majburiyatini bajaradi, özi va işçilari foyda köradi.
















