Özbekiston terma jamoasi yarimhimoyaçisi Otabek Şukurov BAAning «Şarja» klubi bilan şartnomasini uzaytirdi.
Klub rasmiy saytining ma'lum qilişiça, tomonlar hamkorlikni 2022 yilga qadar davom ettirişga kelişib olişgan.
Şukurov şarjaliklar safiga 2017 yilning dekabrida erkin agent sifatida qöşilgan edi. 22 yoşli xavbek bunga qadar «Bunyodkor», «Maş'al» va «Buxoro» klublari şarafini himoya qilgan.
Ma'lumot uçun, «Şarja» BAA çempionatining 2018/19 yillar mavsumida 12ta turdan söng peşqadam bölib turibdi. Klub amaldagi çempioni «Al-Ayn» bilan teng oçko töplagan bölib, asosiy raqobatçisini qöşimça körsatkiçlar evaziga ortda qoldirmoqda.

Otabek Şukurov 12ta turning barçasida asosiy tarkibda maydonga tuşdi va deyarli almaştirişlarsiz öynamoqda. Uning hisobida ikkita gol va ikkita sariq kartoçka bor.

















