«Özbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 7 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bağişlangan tantanali tadbir bölib ötdi. Unda prezident Şavkat Mirziyoyev ma'ruza qildi.

Uning bildirişiça, Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajariş hamda xalq bilan muloqotlarda bildirilayotgan takliflar asosida kelgusida ijtimoiy sohada qator vazifalarni amalga oşiriş lozim böladi.

«Birinçidan, Özbekistondagi ijtimoiy himoya modelini real talablar asosida umume'tirof etilgan xalqaro standartlar darajasiga kötariş zarur.

Bu borada nogironligi bölgan, boquvçisini yöqotgan şaxslarni, ehtiyojmand va noçor oilalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, jumladan, ularni arzon uylar bilan ta'minlaş masalasiga alohida e'tibor qaratib kelayotganimiz barçangizga ma'lum. Joriy yilning özida 21 ming 500 dan ziyod ana şunday oila arzon uy-joylar bilan ta'minlandi.

Bundan taşqari, 30 ming 500 ga yaqin nogironligi bölgan şaxslarga umumiy qiymati 3,6 milliard sömlik protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari ajratildi. Ularning 16 ming nafari reabilitatsiya markazlarida davolandi va bu maqsadlar uçun qariyb 17 milliard söm mablağ sarflandi.

Ana şunday xayrli işlarimizni kelgusida ham tizimli ravişda davom ettiramiz, albatta.

Konstitutsiyamizda aholining muhim ijtimoiy huquqi sifatida kafolatlangan pensiya ta'minoti kelgusi yillarda ham eng dolzarb masalalardan biri bölib qoladi. Jumladan, 2019 yildan boşlab pensiya tölovining yuqori çegarasi eng kam oylik iş haqining 8 barobaridan 10 barobariga oşiriladi va işlayotgan pensionerlarga pensiyalar töla miqdorda tölanadi.

Ikkinçidan, tibbiyot xodimlarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, ularga munosib mehnat şaroitlari yaratiş hamda rağbatlantiriş tizimini yanada takomillaştiriş zarur.

Şifokorlik kasbini egallaş oson iş emasligini, bu insondan maşaqqatli mehnat, mustahkam iroda va matonat talab etişini ortiqça tuşuntirişga hojat yöq, deb öylayman. Lekin, şu örinda savol tuğiladi: biz tibbiyot xodimlariga yetarli şaroit yaratib berdikmi? Ularning maoşlari, mehnat şaroitlari qilayotgan xizmatlariga munosibmi? Afsuski, yöq.

Joriy yil 1 dekabrdan tibbiyot xodimlari oyligini oşirdik, bu – birinçi qadam. Kelgusi yilda bu borada boşlagan işlarimizni davom ettiramiz.

Aholiga kafolatlangan tibbiy yordam körsatişni ta'minlaş maqsadida kelgusida majburiy tibbiy suğurta tizimini joriy etişimiz kerak.

Uçinçidan, xalq ta'limi sohasidagi ta'lim standartlari va öqitiş uslublarini ilğor xorijiy tajribalar asosida, öquvçining individual qobiliyatini röyobga çiqariş nuqtai nazaridan qayta körib çiqiş lozim.

Farzandlarimizning qobiliyatini röyobga çiqarişga bolalikdan e'tibor berib, ularning kamoloti uçun barça imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana köplab Beruniylar, Ibn Sinolar, Uluğbeklar yetişib çiqadi. Men bunga işonaman.

Törtinçidan, kasb-hunar kollejlari, afsuski, aksariyat hollarda real talab bölmagan kasblar böyiça quruq diplom beradigan dargohga aylanib qoldi.

Men hududlarga taşrif buyurganimda odamlar bilan köproq muloqot qilişga harakat qilaman. Hayron qolasiz, joylarda oddiy quruvçi, traktorçi yoki mexanizator yöq. Işning közini biladigan yer tuzuvçi yoki suvçi topiş amrimahol. Köp joylarda kollejlarni bitirgan bolalarni kerakli kasbga qayta öqitişga töğri kelmoqda.

Qani, kasb tarbiyasi? Qani, mehnat bozorini örganiş? Afsuski, heç kim bu masala bilan jiddiy şuğullanmayapti.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birga iqtisodiyotning real sektoridagi talabni kamida 10-15 yil oldin prognoz qilib, şunga qarab mutaxassis tayyorlaş çoralarini körişi zarur.

Beşinçidan, aholi bandligini ta'minlaş va işsizlikni kamaytiriş böyiça keçiktirib bölmaydigan zarur çoralar körişimiz lozim.

Savol tuğiladi: mamlakatimizda haqiqiy işsizlar soni qança? Iqtisodiyotning norasmiy sektorida neça foiz aholi band? Xorijga iş qidirib ketganlarning soni-çi?

Biz bir narsani töğri tuşunişimiz kerak: bitta işsiz odam – önta muammo degani. Bu muammolar işsiz odamning öziga, oilasi va mahallasiga, jamiyatga keltiradigan zararini hisoblasak, masalaning naqadar jiddiy ekani yanada oydinlaşadi.

Biz bu yil qabul qilgan “Har bir oila – tadbirkor” hamda “Yoşlar – kelajagimiz” dasturlari doirasida sezilarli işlar amalga oşirilmoqda. Xalqimiz, ayniqsa, yoşlarimizning tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ularga öz biznesini yölga qöyişi uçun katta imtiyozlar berildi. Kelgusi yilda ham biz uşbu dasturlar ijrosini qat'iy nazoratga olib, har tomonlama qöllab-quvvatlaymiz.

Biz yoşlarimizda tadbirkorlik taşabbusini rivojlantira olsak, ularga mablağlardan töğri foydalanişni örgatsak, nafaqat iqtisodiy, balki köplab ijtimoiy muammolarni ham hal etgan bölamiz.

Oltinçidan, qişloq joylarda yangi namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar va şaharlarda köp qavatli uylar quriş böyiça işlarimizni takomillaştiriş kerak.

Ayrim hududlarda uylarning sifati böyiça Virtual qabulxonaga odamlar şikoyat bilan murojaat qilmoqda. Aynan fuqarolarimizning talab va istaklarini inobatga olib, ehtiyojmand aholi qatlamlari uçun bunyod etilayotgan arzon uylar sonini oşiriş va sifatini yaxşilaş böyiça yaqinda alohida dastur qabul qildik. Uşbu dastur ijrosiga mas'ul bölgan mutasaddi idoralar öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarişlari va xalqimizni rozi qilişlari şart va zarur», - deydi prezident.