Kiyev agarda Yevropa mamlakatlari va AQŞ Rossiya kemalari uçun öz portlarini yopişga rozi bölişsa, bu borada zudlik bilan işga kirişişga tayyor. Bu haqda Ukraina prezidenti Petr Poroşenko Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
"Rossiya Ukraina hududiy suvlarida harakatlaniş erkinligini çeklamoqda. Yevropa va AQŞ Rossiya kemalari uçun öz portlarini yopişlari kerak va bu borada zudlik bilan qanday çoralar körilişi borasida hamkorlik qilişga tayyormiz", - ta'kidladi Poroşenko.
U yana bir bor Rossiyaning ehtimoliy hujumidan himoyalaniş uçun Ğarbdan qurol olmoqçi ekanligini bildirdi.

















