Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilga Fransiyadan 200 minggacha yahudiy ko‘chib o‘tishi mumkin
Isroilning diasporalar bilan aloqalar vaziri Naftali Bennet Fransiyada yaqin orada Isroilga ko‘chib o‘tishga tayyor bo‘lgan 200 mingga yaqin yahudiy borligini ma'lum qildi.
Parijdagi ommaviy tartibsizliklar va Yevropaning ba'zi davlatlarida yahudiylarga qarshi kayfiyatlarning kuchayishi ortida Isroil hukumatining 9 dekabrdagi yig‘ilishida emigratsiyaning yangi oqimiga, vatanga qaytuvchilarni qabul qilish va ularga yordam berishga tayyorgarlik darajasi muhokama qilingan.
Muhokama natijalariga ko‘ra Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Fransiyadan yahudiylarning qaytarilishi milliy dasturini shakllantirish topshirig‘ini bergan.
Yig‘ilish davomida Isroilning yahudiy aholisi ilk bor dunyodagi eng katta hisoblanuvchi AQShdagi diasporadan oshgani ma'lum qilingan: Isroildagi yahudiylar soni 6 mln kishini, AQShda esa 5,7 mln kishini tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
08:43
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
17:20 / 02.07.2026