Kanadada hibsga olingan, Huawei kompaniyasi moliyaviy direktori Men Vançjou aybsizligini aytmoqda va garov puli evaziga ozodlikka çiqarilişini söramoqda. Reuters axborot agentligining xabar berişiça, Men Vançjou hibsga olingandan keyin soğliği yomonlaşgan va şu sababli qon bosimi oşişi xuruji bilan şifoxonaga ham tuşgan.
Men Vançjou 1 dekabrda AQŞ sörovi bilan Kanadaning Vankuver şahrida hibsga olingandi.
Avvalroq Xitoy taşqi işlar vazirligi AQŞning Xitoydagi elçisi Terri Branstedni çaqirtirib, Men Vançjouning hibsga olinişi yuzasidan qat'iy norozilik bildirgan. Xitoy tomoni AQŞ ayolning Kanadada hibsga olinişiga “asossiz sörov” bergani va şu sababli uni bekor qilişi kerakligini aytgan.
Men HSBC banki orqali noqonuniy tranzaksiyalar sodir etganlikda gumon qilinmoqda. Bank esa AQŞ sanksiyalari ostiga tuşgan Eron, Sudan va Liviyaga pul ötkazmalari amalga oşirganlikda ayblanmoqda.

















