O‘zbekiston | 14:11 / 10.12.2018
3553
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda «O‘zbekiston madaniyati kunlari» o‘tkaziladi

Foto: Kazakh TV

2018 yil Qozog‘iston Respublikasida «O‘zbekiston yili» deb e'lon qilingan. Yil davomida Qozog‘istonda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy, gumanitar va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘plab tadbirlar, forumlar, anjumanlar tashkil etildi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi.

Bildirilishicha, 2018 yil 12 dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahrida «O‘zbekiston madaniyati kunlari» o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasidan 70 kishilik o‘zbek estrada yulduzlari, sozanda va raqqosalardan iborat delegatsiya ushbu tadbirda ishtirok etish maqsadida jo‘nab ketmoqda. 

Mazkur tadbirning o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 martdagi 12/1-2331-son bilan tasdiqlangan «2018 yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yilini o‘tkazish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi»da ko‘zda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid