Mutolaa, jismoniy mashqlar yoki meditatsiya uchun hech ham vaqt topa olmaysizmi? Taym-menejment bo‘yicha mutaxassis Laura Vanderkam hatto eng band kishilarda ham kun davomida zaruriy ishlar uchun sarflash mumkin bo‘lgan kamida 12 ta yashirin imkoniyat mavjud, deb hisoblaydi.

6:30

Soat uyg‘otkich qo‘ng‘irog‘ini soat yettiga qoldirish kerak emas. Darhol o‘rningizdan turing. Yugurish mashqini bajarish uchun sizda 30 daqiqa bo‘sh vaqt bor. O‘zingizni yanada ko‘proq kuchga to‘lgandek his etasiz.

7:15

Dushda meditatsiya qiling. Ko‘pchilik odamlar yuvinish vaqtida turli fikrlarga berilishadi. Nima uchun o‘z fikrlaringizni ijobiy tomonga yo‘naltirmasligingiz kerak?

7:45

Telefonda biror narsa o‘qing. Asurion kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot o‘rtacha amerikaliklar smartfonlarini kuniga 80 marta tekshirishlarini ko‘rsatdi. 10 martasini ijtimoiy tarmoqlarni ongsiz ravishda sahifalashga emas, kitob mutolaasiga bag‘ishlang.

8:00

Ishga do‘stingiz bilan birga boring. Albatta, har kuni birga borish noqulay, biroq hech bo‘lmaganda haftasiga bir marta ishga birga ketish haqida kelishib oling — ana o‘shanda vaqtni a'lo o‘tkazasiz hamda do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlaysiz.

9:00

O‘zingizni 20/45 qoidasiga odatlantiring. Ko‘plab 30 va 60 daqiqalik majlislarni 20 va 45 daqiqagacha mos ravishda qisqartirish mumkin. Majlislarga juda ko‘p vaqt sarflamaslikka harakat qiling — u juda qimmatli resurs.

10:45

Tanaffuslarni chekmasdan o‘tkazing. Chekish sog‘liq uchun zarar, shuning uchun o‘rningizdan turing va muayyan soatdan keyin sayrga chiqing. 

12:00

Internetdagi xaridlarga kamroq vaqt sarflang. Tushlikda internet do‘konga kirish va u yerdan keraksiz buyumni xarid qilish ehtimoli katta. Umuman olganda, xaridlarni oldindan rejalashtiring — ana o‘shanda onlayn-shoping uchun vaqtni teng baravar qisqartirishga erishasiz.

14:15

O‘zingizni ustoz rolida sinab ko‘ring. Kichik hamkasblardan birini sayr va suhbat uchun chaqiring. Ofis tashqarisida ular sizdan ish borasidagi muhim savolni so‘rashdan cho‘chimasalar kerak.