Yevropa parlamenti Kerç böğozidagi hodisani Rossiyaning «Azov dengizida Ukrainani suveren huquqlardan mahrum qilişga» urinişi, deb hisoblaydi. Bu haqda RT rezolyutsiyaga tuzatişlar matniga asosan xabar bermoqda.

Yevropa parlamenti fikriga köra, Rossiya Azov dengizini «içki köl»ga aylantirmoqçi va uni faqat harbiy zona körinişiga keltirmoqçi.

«Yevropa parlamenti çuqur taşvişda ekanini bildiradi. Bu holat Ukrainani Azov dengizidagi suveren huquqlaridan mahrum qilişga uriniş bölişi mumkin. Dengiz Rossiyaning «içki köl»iga aylantirilişi, harbiy zona körinişiga keltirilişi hamda janubi-şarqiy Ukraina iqtisodiyotini nazorat ostiga olinişi ehtimoli mavjud», - deyiladi Yevropa parlamenti hujjatida.

Şuningdek, Yevropa parlamenti Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlarni Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etişga çaqirdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina va Rossiya örtasidagi ziddiyatda Birinçi jahon uruşi ssenariysi kuzatilgani xabar berilgandi.