Rossiya va Ukraina örtasidagi munosabatlarda keskinlikning ortişi Birinçi jahon uruşidan oldingi vaziyatga öxşaydi. Bu haqda Buyuk Britaniya Qirollik harbiy-dengiz kuçlari sobiq qömondoni, admiral Alan Uest Daily Star naşriga intervyusida ma'lum qildi.

Davlatlar örtasida Kerç böğozidagi ziddiyat alohida xavf tuğdiradi. Uning eslatişiça, Moskvani Ukrainaga bostirib kirişga tayyorgarlik körişda ayblaşmoqda, Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko esa alyans mamlakatlaridan yordam sörayapti. Uestning fikriça, har ikki tomon bir-birini tekşirib, NATO aralaşuvi ehtimoli haqida ogohlantirmoqda.

Uning sözlariga köra, agar Rossiya Donbassda öz qöşinlaridan foydalansa, unda Ukrainada töla miqyosli uruş boşlanadi. Admiralning bildirişiça, NATO nizoga aralaşmaydi, sababi Ukraina alyans a'zosi emas. Ğarb Moskva bilan Kiyev tufayli «qaynoq uruş»ga kirişişni xohlamaydi, ammo bu holatda mamlakat yöq bölib ketadi.

«Aynan şunday holat Birinçi jahon uruşiga olib kelgan. Garçi unga ertsgersog Frants Ferdinandning öldirilişi turtki bölgan bölsa-da, biroq öşanda uruş yoqasida muvozanatni saqlaş siyosati kuzatilgandi», - deya izoh berdi u.

Uest uruşdan qoçiş uçun Rossiyaga qarşi sanksiyalarni kuçaytiriş, «har bir oligarxga zarba beriş, nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo böylab aktivlarini muzlatişga» çaqirdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukrainada rossiyalik josus foş etilgani xabar berilgandi.