Xitoyning Fuçjou şahri sudi AQŞning Apple Inc. kompaniyasini Qualcomm Inc. kompaniyasining ikkita patentini buzgan deb topib, Xitoyda iPhone’ning bir qator modellarini sotişni taqiqladi. 

Sud hukmiga köra, Apple kompaniyasi Qualcomm’ning ikkita – suratlarni tahrirlaş va sensor ekran yordamida dasturlarni boşqarişga taalluqli patentlarini buzgan. 

Sud Xitoyda iPhone 6S, 6S Plus, 7, 7 Plus, 8, 8 Plus va iPhone X modellarini sotişni taqiqlagan. Sud qarori yaqinda çiqqan XS, XS Max va XR modellariga taalluqli bölmaydi, çunki Qualcomm da'vo arizasini berganda hali ular çiqarilmagan bölgan.

The Wall Street Journal naşrining ta'kidlaşiça, Apple Xitoyda 6s, 6S Plus va X modellarini rasman sotmaydi. Ammo iPhone 7, 7 Plus, 8 va 8 Plus smartfonlari Apple’ning Xitoydagi rasmiy internet-dökonida sotilmoqda. 

Xitoy dunyodagi eng yirik smartfon bozori va Apple uçun muhim bozor hisoblanadi. Bundan taşqari, Xitoyda iPhone smartfonlarini yiğuvçi köplab kompaniyalar joylaşgan, bunday qurilmalar uluşiga Apple tuşumining 75 foizi töğri keladi.

Apple bunga javoban Qualcomm’ning harakatlarini noqonuniy deb aytgan va iPhone’ning barça modellari Xitoyda sotuvda qolişiga va'da bergan. Kompaniyaning ta'kidlaşiça, yuqorida sotilişi taqiqlangan barça modellar körilayotgan patentlar ostiga tuşmaydigan iOS 12 operatsion tizimida işlaydi. Şu sababli AQŞ kompaniyasi sud qarori ustidan şikoyat qilmoqçi.

Xitoyda ayfonlar savdosi taqiqlanişi haqidagi xabardan keyin Apple’ning aksiyalari 2 foizga arzonlaşgan, Qualcomm’niki esa, aksinça, 2,9 foizga qimmatlaşgan.