Yer uçastkalari suv omborlarining suvni muhofaza qiliş zonalari doirasida elektron auksion orqali beriladi. Uni ötkaziş tartibi Vazirlar Mahkamasining 3.12.2018 yildagi 978-son qarori bilan tasdiqlangan, deb yozmoqda Norma.
 
Körsatilgan hududda quyidagi turistik xizmatlarni taşkil etiş mumkin böladi:

• ekoturlar (ilmiy, sarguzaşt va boşqalar);
• havaskorlar uçun baliq ovi;
• qayiqda suziş, suv sayohati;
• suv omborlari dambalari ustida köriş maydonçalari taşkil qiliş;
• kemada sayohat;
• yaxting;
• Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining hududiy boşqarmalari bilan kelişilgan holda turizm xizmatlarining boşqa turlari.
 
Tasdiqlangan röyxat böyiça ekoturizm uçun yer uçastkalarini yuridik va jismoniy şaxslar «E-IJRO AUKSION» elektron savdolar orqali istalgan muddatga, lekin 50 yil muddatdan köp bölmagan uzoq muddatli ijaraga olişlari mumkin.   
 
Suv xöjaligi vazirligi auksionni ötkaziş uçun mas'ul hisoblanadi. Auktsionga qöyiladigan yer uçastkalari böyiça savdolarni taşkil etiş uçun uşbu vazirlik oldindan ular böyiça tegişli taşkilotlarning (yonğin xavfsizligi böyiça hududiy bölimlar; sanepidemnazorat markazlari va boşqalar) ijobiy xulosalarini oladi. Xulosalar olingandan keyin auksionni ötkaziş uçun materiallar tayyorlaşni boşlaydi. 
 
Bölib ötadigan savdolar haqidagi axborot bosma va elektron OAVda tarqatiladi. Şuningdek ma'lumot tuman (şahar) hokimiyati, SSP va Davlat xizmatlari agentligiga yuboriladi.  Bular, öz navbatida, jismoniy va yuridik şaxslarni auksionga keng jalb qiliş çoralarini köradi. 
 
Savdolar ötkazilişi haqidagi xabar uni ötkazişdan kamida 7 kun oldin Elektron onlayn-auksionlarni taşkil etiş markazining veb-portalida joylaştiriladi.   Auktsionda iştirok etiş uçun buyurtmanomalar xabar berilgan kundan boşlab avtomatik rejimda Markaz saytida qabul qilinadi. Buyurtmanomalarni qabul qiliş auksion ötkaziladigan kundan 2 iş kuni oldin (soat 13:00 da) yakunlanadi.