Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Ukraina va Rossiya örtasidagi döstlik, hamkorlik va şeriklik haqidagi kelişuvning 2019 yil 1 apreldan tugatilişi haqidagi qonunni imzoladi. 

«Döstlik haqidagi kelişuvning tugatilişi Ukrainani uning bajarilişiga taalluqli majburiyatlardan ozod qiladi», deyilgan Oliy radada qöllab-quvvatlangan qonun loyihasida.

«Rossiya bilan kelişuvning uzaytirilmasligiga bir epizoddek emas, balki kolonial ötmişimiz bilan aloqalarni batamom uziş va Yevropaga yönaliş oliş böyiça strategiyamizning bir qismi sifatida qaraş kerak. Bu strategiyaning qolgan taşkil etuvçilari quyidagilar: Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz tartibni joriy qiliş, YeI bilan birlaşiş haqidagi kelişuv, MDHdan çiqiş, NATO va YeIga kirişning konstitutsiyada mustahkamlanişi, qudratli, professional armiyani yaratiş, ukrain tilini qöllab-quvvatlaş, öz tariximiz», deb izoh bergan Poroşenko.  

Ukraina prezidentining aytişiça, Ukraina bu hujjatning barça imkoniyatlaridan öz milliy manfaatlari yölida foydalanib böldi. Uning ta'kidlaşiça, 2019 yil boşida kelişuvning navbatdagi 10 yillik muddati yakuniga yetadi va Ukraina uni uzaytiriş yoki tugatiş borasida bir qarorga kelişi kerak edi. Natijada uni tugatişga qaror qilingan.

Ukraina va Rossiya örtasidagi döstlik haqidagi kelişuv 1997 yil may oyida tuzilgan. Ukraina Oliy radasi uni 1998 yil yanvarda ratifikatsiya qilgan.