Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Fox News telekanaliga intervyuda Kerç böğozida yuz bergan voqeani “uruş” deb atadi.
Ukraina prezidentining aytişiça, Rossiya suv hududlari çegaraçilarining xatti-harakati “tajovuz” deb baholanadi. Poroşenko “uruş” haqida gapirganiga qaramay, Kiyev tomonidan uruş haqida e'lon qilinmagan.
“Janob Putin, bu tajovuzkorlik. Janob Putin, bu uruş. Bu hazil, noxuş voqea va inqiroz emas”, deb aytgan Poroşenko.
25 noyabrda Ukraina harbiy-dengiz kuçlarining uçta kemasi Rossiya çegarasini buzgani uçun uşlangan. Kemalardagi 24 ukrainalik dengizçi Rossiya çegarasini buzişda ayblanib, hibsga olingan.
Ukraina Rossiyaning harakatlarini tajovuzkorlik deb topib, bir qator viloyatlarida 30 kunlik muddatga harbiy vaziyat tartibi kiritgan. Moskva esa voqeani iğvo deb baholagan.

















