Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi bilan “Uy-joy kommunal xizmat körsatiş a'loçisi” kökrak nişoni ta'sis etilişi mumkin.

“Uy-joy kommunal xizmat körsatiş a'loçisi” kökrak nişoni töğrisidagi nizomga köra, kökrak nişoni bilan mamlakat aholisining uy-joy şaroitlarini yaxşilaş, muhandislik kommunikatsiyalarini öz vaqtida sifatli quriş va ta'mirlaş, ularning atrofidagi hududlarni obodonlaştiriş, uy-joy kommunal xizmatlar körsatiş taşkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş va zamonaviy uskunalar bilan jihozlaş işlarida yuqori natijalarni qölga kiritgan, soha rivojiga munosib hissa qöşgan fuqarolar taqdirlanadi.

Kökrak nişoni bilan Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölmagan şaxslar ham taqdirlanişi mumkin.

Xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlari, içimlik suvi va issiqlik ta'minoti korxonalari hamda uy-joy kommunal xizmat körsatiş sohasidagi boşqa taşkilotlar xodimlarini kökrak nişoni bilan taqdirlaş böyiça takliflar tegişliça Qoraqalpoğiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat körsatiş boşqarmalari hamda Toşkent şahar Uy-joy kommunal xizmat körsatiş boş boşqarmasiga har yili 
25 yanvargaça taqdim etiladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat körsatiş boşqarmalari hamda Toşkent şahar uy-joy kommunal xizmat körsatiş boş boşqarmasi nomzodlar böyiça takliflarni belgilangan tartibda körib çiqadi hamda har yili 25 fevralgaça Özbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligiga taqdim etadi.

Vazirlikka töğridan-töğri böysunuvçi taşkilotlar hamda boşqa vazirlik va idoralar uy-joy kommunal xizmat körsatiş yönalişida faoliyat yuritayotgan öz xodimlarini kökrak nişoni bilan taqdirlaş böyiça takliflarni har yili 25 fevralgaça vazirlikka taqdim etadi.

Özbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri tomonidan kökrak nişoni bilan taqdirlaşga oid takliflarni körib çiqiş böyiça Komissiya taşkil etiladi. 

Komissiya yiğilişida nomzodlar böyiça hujjatlar örganilib, har yili 1 aprelgaça eng munosib nomzodlar böyiça yakuniy xulosa qabul qilinadi.

Özbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirining kökrak nişoni bilan taqdirlaş töğrisidagi buyruği har yili 15 aprelgaça qabul qilinadi.

Kökrak nişoni har yili 18 aprel – Özbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat körsatiş sohasi xodimlari kuni arafasida Özbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri (yoki uning topşiriğiga binoan boşqa mas'ul şaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topşiriladi.