Germaniya ğarbidagi Vestyonnen şahri köçalariga bir tonnaga yaqin eritilgan şokolad oqib ketdi. Bu haqda Soester Anzeiger mahalliy naşri ma'lum qildi.   

Antiqa voqea mahalliy qandolatçilik fabrikasi DreiMeister’dagi avariya sababli yuz bergan: bu yerda kiçik texnik nosozlik sababli şokolad rezervuardan oqib ketgan.

Foto: REUTERS
Foto: Soester Anzeiger

Şokolad tezda qotib qolgan va şu sababli kommunal xizmatlar uni asfaltdan qaynoq suv va gorelkalar yordamida köçirişlariga töğri kelgan.

Fabrika kun davomida işçi holatga qaytişi aytilgan.