Oramizda şunday insonlar borki, ular butun hayotini mehnatga baxşida qilgan. Katta bir lavozim egasi bölmasa-da öz amallari, qilayotgan ezgu işlari orqali jamiyat rivojiga hissa qöşişga bor diqqatini qaratişgan.
Ammo bunday insonlar doim ham diqqat markazimizda, jamiyat e'tiborida bölavermasligi, goho ularning borligi-da yodimizdan kötarilib ketişi mumkin. Biz nazarda tutayotgan ana şunday insonlar, kasb egalari qatorida qişloq xöjaligi sohasi vakillari ham köpçilikni taşkil etadi.
Aynan qişloq xöjaligi sohasining zahmatkaş insonlari, dehqon va fermerlarimiz sababli bugun ustimiz but, dasturxonlarimiz tökindir.
Kun.uz sayti özining yangi, “Tuproqning dösti” loyihasi orqali sovuqni sovuq, issiqni-issiq demay mehnat qilayotgan va ana şunday zahmatli faoliyati natijasida dasturxonlarimiz tökinligi uçun mahsulot yetkazib berayotgan qişloq xöjalgi xodimlari bilan uçraşib, ularning insoniy keçinmalari, orzulari, iş jarayoni, şuningdek, sohani rivojlantirişdagi takliflarini yoritib borişga bel boğladi.
Video: Youtube.com
Loyihamizning birinçi sonini Toşkent viloyati Çinoz tumanidan, baliqçilikka ixtisoslaşgan “Usmonov Farhod fayz” fermer xöjaligi dalasidan tayyorladik. Loyihani tasvirga tuşiriş jarayonida fermer xöjaligi rahbari Farhod Usmonov bilan samimiy suhbat qurdik.
Farhod Usmonov özining baliqçilikka asoslangan fermerlik faoliyatini 2008 yilda 2 ga li kiçik köl barpo etiş orqali boşlagan. Deyarli 18 yildan buyon xöjalikda xalq dasturxoni uçun baliq maxsulotlarini yetiştirib kelmoqda.























