Oliy Majlis Senatida senatorlar “Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining qonuni muhokama qildi.
ÖzA’ning yozişiça, qonun Özbekiston Respublikasi xalqaro şartnomalarini tuziş, ijro etiş, ularning amal qilişini töxtatib turiş va ularni tugatiş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişga qaratilgan.
Qonunda Özbekiston qonun hujjatlari tizimida xalqaro şartnoma maqomi, tayanç tuşunçalar mustahkamlanmoqda. Uşbu sohadagi terminlar va ta'riflar umume'tirof etilgan xalqaro-huquqiy hujjatlarga muvofiqlaştirilyapti. Şuningdek, xalqaro şartnomalarni tuziş tartibi aniq tartibga solinmoqda.
Qonunda Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnoma özi uçun majburiy ekanligiga roziligini bildirişning quyidagi usullari belgilanmoqda: xalqaro şartnomani imzolaş, notalar, xatlar yoki xalqaro şartnomani taşkil etuvçi boşqa hujjatlar almaşiş, xalqaro şartnomani ratifikatsiya qiliş, tasdiqlaş, qabul qiliş, unga qöşiliş.
Qonunda xalqaro şartnomalar bajarilişi ustidan monitoring olib boriş mexanizmlari belgilanmoqda. Bu esa zamonaviy AKTdan foydalangan holda yagona elektron ma'lumotlar bazasini yaratiş, davlat organlari tomonidan har yili 31 dekabrga qadar Taşqi işlar vazirligiga xalqaro şartnomalarni bajariş töğrisida axborot yuboriş, xalqaro şartnomalar ijrosi holati samaradorligini baholaş, ularning tegişliça bajarilişini ta'minlaş böyiça takliflar tayyorlaş nazarda tutilmoqda.
Qonun davlat organlari işlari samaradorligini oşirişga, ularning javobgarligini va ular tomonidan işlab çiqiladigan hujjatlar sifatini oşirişga, tomonlar tarafidan bitimlar tegişliça bajarilişi ustidan nazoratni ta'minlaşga xizmat qiladi.
Şuningdek, yuzaga kelayotgan masalalarni öz vaqtida hal etiş uçun oldini oluvçi çoralar körişga, mamlakat taşqi siyosatini amalga oşirişning asosiy vositalaridan biri sifatida xalqaro hamkorlikning şartnomaviy-huquqiy bazasini boyitadi va takomillaştiradi. Respublika uçun istiqbolli bölgan ikki tomonlama va köp tomonlama şartnomalar tuzişga zamin yaratadi va xalqaro huquq umume'tirof etilgan normalarining ustunligini ta'minlaydi.
Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.

















