Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Suriyada yangi harbiy amaliyotni boshlamoqda
Turkiya Suriyada Frot daryosidan sharq tomonda yangi harbiy amaliyotni boshlashni rejalashtirmoqda Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mudofaa sanoati sammitida aytib o‘tdi.
“Turkiya yaqin kunlar ichida Frotdan sharqda amaliyot boshlaydi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidentining ta'kidlashicha, amaliyot davomida bu hududda joylashgan “amerikalik harbiylar nishonga olinmaydi”. Erdo‘g‘aning ta'kidlashicha, Anqaraning bu qadami Suriyadagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan tartibga solishda ko‘mak beradi va bu hududni mahalliy aholi uchun xavfsizroq va yashashga yaroqli qiladi.
Turkiya 2017 yilda Suriya hududida ikkita harbiy amaliyot – “Frot qalqoni” va “Zaytun novdasi”ni olib borgan. Erdo‘g‘an yaqinda Argentinada o‘tgan G20 sammitida Anqara yaqin orada Frotning sharqini terrorchilik tuzilmalaridan tozalashini ma'lum qilgan.
Erdo‘g‘an oxirgi oylar davomida Frotdan sharqda mujassamlashgan, “Xalq mudofaasi kuchlari” kurd tuzilmalariga qarshi amaliyot o‘tkazish niyatidaligini bir necha marta aytib o‘tgan.
Mavzuga oid
17:32
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026