Kerç böğozidagi voqea Rossiyaning «qizil çiziq»ni kesib ötganini anglatadi, dedi Ukraina prezidenti Petr Poroşenko. Bu haqda UNIAN xabar bermoqda.

«Ukraina kemalariga qarşi öt oçilişi Rossiyaning "qizil çiziq"ni kesib ötganini bildiradi va biz bunga aniq va keskin javob qaytarişimiz şart», dedi Ukraina prezidenti NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg bilan birga ötkazilgan matbuot anjumanida.

Poroşenko şuningdek, NATOning hibsga olingan Ukraina kemalari va dengizçilarini zudlik bilan qöyib yuboriş böyiça Rossiyaga nisbatan çaqiriğini ma'qullaşini bildirdi.

Eslatib ötamiz, 25 noyabr kuni Rossiya FXX Kerç böğozida Ukraina harbiy-dengiz kuçlariga qaraşli uçta kemani hibsga olgandi. Uşbu holat böyiça davlat çegarasini buziş moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan, kemalar bortida bölgan 24 nafar ukrainalik dengizçi ikki oyga hibsga olindi.