Rossiyaning Vladimir oblasti Pokrov stansiyasida poyezd ğildiraklari ostida qolgan özbekistonliklarning ölimiga sababçi bölganlar sud oldida javob beradi. Petuşinskiy tuman sudi Özbekistonning 17 fuqarosi ölimi böyiça ikki nafar xorijlikka nisbatan jinoiy işni körib çiqadi.

Yöl-transport hodisasi 2017 yil 6 oktabr kuni erta tongda, Vladimir oblastining Petuşinskiy tumani Pokrov stansiyasida sodir bölgan.

Ayblanuvçilar ikki nafar. Ularning har ikkisi mehnat migrantlari va ularning oila a'zolarini Rossiyadan Qozoğistonga taşişni taşkillaştirgan xorijiy fuqarolardir. Tergov ma'lumotlariga köra, odamlar taşilgan avtobus texnik xususiyatlari böyiça xavfsizlik talablariga javob bermagan.

Ötgan yilning 6 oktabr kuni soat 03:39da Vladimir oblastining Petuşinskiy tumanidagi Pokrov temir yöl stansiyasida poyezd va avtobus töqnaşuvi sodir bölgan. YTH natijasida 17 nafar Özbekiston fuqarosi vafot etgan.

Avtobus kesişma ustida öçib qolgan. Poyezd maşinisti yöldagi avtobusni körgaç, favqulodda töxtaşni qöllaşga uringan, ammo sostavni töxtata olmagan. 

Jinoyat işi Rossiya Jinoyat kodeksining 263-moddasi 3-qismi («temiryöl, havo, dengiz va içki suv transporti va metropoliten harakati xavfsizligi va undan foydalaniş qoidalarini buziş») alomatlari bilan qözğatilgan. Mazkur modda böyiça ayblanuvçilar uzoği bilan yetti yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.

Vladimir avtohalokati qurbonlari va jabrlanuvçilari Özbekistonga olib kelindiVladimirda poyezd bilan töqnaşgan avtobus haydovçisi hibsga olindi