Yevropa Ligasida guruh bosqichining so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Turning markaziy bahslaridan biri Yunonistonda kuzatildi. Unda «Milan» guruhdagi asosiy raqiblaridan biri «Olimpiakos» mehmoni bo‘ldi. Jamoalarning Milandagi o‘yinida qayd etilgan 3:1 hisobi bu safar ham takrorlandi, ammo bu gal g‘olib jamoa nomi o‘zgardi - «Olimpiakos». Gattuzo jamoasi esa musobaqani tark etadigan bo‘ldi.

Yakunlovchi bahslarda muddatidan oldin pley-off yo‘llanmasini hal etib ulgurgan favoritlardan biri «Arsenal» o‘z maydonida «Qorabog‘»ni 1:0 hisobida yengdi, «Chelsi» esa Vengriyaga safar qilib, «MOL Vidi» bilan durang qayd etdi.

Yevropa Ligasi
6-tur, 13 dekabr
«A» guruhi
AYeK (Kipr) – Bayyer (Germaniya) 1:5 (1:2, 0:3)
Gollar: 1:0 – 26 Katala, 1:1 – 28 Kor, 1:2 – 41, penalti Alario, 1:3 – 67 Kor, 1:4 – 78 Paulino, 1:5 – 86 Alario.

Ludogorets (Bolgariya) – Tsyurix (Shveytsariya) 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 21 Odey, 1:1 – 45 Shverchok.

«B» guruhi
Seltik (Shotlandiya) – Red Bull (Avstriya) 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 67 Dabur, 0:2 – 77 Gulbrandsen, 1:2 – 90 Ntcham.
 
RB Leyptsig (Germaniya) – Rusenborg (Norvegiya) 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 47 Mateus Kunya, 1:1 – 86 Reginiussen.

«S» guruhi
Slaviya (Chexiya) – Zenit (Rossiya) 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 32 Zmrgal, 2:0 – 41 Stox.

Kopenhagen (Daniya) – Bordo (Fransiya) 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 73 Brian.

«D» guruhi
Dinamo (Zagreb, Xorvatiya) – Anderlext (Belgiya) 0:0