Professional boksçimiz Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar şahrida navbatdagi jangini ötkazdi.

Milliy olimpiya qömitasi xabariga köra, mazkur bahsda hamyurtimizga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz raqiblik qildi. 

Jang muddatidan oldin yakunlandi. Bahsni ketma-ket zarbalar bilan boşlagan boksçimiz 18-soniyadayoq raqibini nokaut holatiga tuşirdi.

Ma'lumot uçun, bu Shohjahon uçun professional ringdagi 16-jang böldi. Ergashev ularning barçasida ğalaba qozongan. Bahslarning 15 tasida u raqiblarini muddatidan oldin mağlub etgan. 

Ruizning ötkazgan janglari soni 50 taga yetdi. Argentinalik boksçi ularning 32 tasiga ğalaba qozongan (11 ta nokaut). 18 marotaba imkoniyatni boy bergan (3 ta nokaut).