Muhandis Robert Sabuda muallifi Leonardo da Vinchi bo‘lgan ritsar-robotning rasm chizuvchi qo‘lini tayyorladi. Qo‘l har qanday suratni chiza oladi – faqat uni maxsus tishli g‘ildiraklar orqali dasturlash kifoya. 

Sabuda ushbu loyiha bilan «Leonardo da Vinchi robotlari jamiyati» - qadimiy ixtirochining g‘oyalarini ro‘yobga chiqaruvchilar guruhi iltimosiga ko‘ra shug‘ullandi. Avvalroq tadqiqotchilar da Vinchining roboti o‘rnidan turish, yurish, turish, qo‘lini qimirlatish, baraban chalishdan tashqari, rasm ham chiza olganini aniqlashgandi.

Foto: Drawmaton

Muhandis robotning qo‘lini yasashga qaror qildi va bunga bir yilda erishdi. Sabuda uni yasash uchun da Vinchining chizmalarini qunt bilan o‘rganib chiqdi.