Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raketa bitimi mojarosi. Rossiya rejalarini ma'lum qildi
Rossiya Strategik maqsaddagi raketa qo‘shinlarini jangovar qo‘llashni rejalashtirishda AQShning O‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi bitimdan chiqib ketishini imkoniyatini hisobga olmoqda. Bu haqda raketa qo‘shinlari qo‘mondoni, general-polkovnik Sergey Karakayev «Krasnaya zvezda»ga ma'lum qildi.
«AQShning O‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi bitimdan chiqib ketishi, keyinchalik Amerikaning o‘rta masofadagi raketalari Yevropada joylashtirilishi va bunga bog‘liq bo‘lgan, bizning xavfsizligimizga yangi tahdidlar, shubhasiz, hisobga olinadi», - dedi u. Xususan, Vashingtonning Sharqiy Yevropa davlatlarida raketalarga qarshi mudofaa tizimlari joylashtirilishiga javob sifatida, Rossiya raketa qo‘shinlarida AQShning Yevropadagi raketalarga qarshi mudofaa tizimi istiqboli samaradorligini yetarli darajada kamaytirish imkonini beruvchi qator harbiy-texnik choralar ishlab chiqildi.
Karakayevning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yil oxirigacha qo‘shinlarga yuzga yaqin yangi qurollar, jumladan, «Yars» statsionar va ko‘chma joylashtiriluvchi raketa majmualarini yetkazib berish rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon Shoyguning taklifini nazarga ilmayotgani xabar qilingandi.
RF Mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkovning bildirishicha, Pentagon Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning O‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi bitimga amal etish muammosini muhokama qilish bo‘yicha taklifini e'tiborsiz qoldiryapti.
Mavzuga oid
08:39
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
18:12 / 28.06.2026