2018 yilning 11 oyida dunyoda kamida 80 nafar jurnalist o‘ldirildi
Joriy yilning yanvar oyidan beri dunyoda kamida 80 nafar jurnalist o‘zining kasbiy faoliyati tufayli o‘ldirildi. Bu haqda 18 dekabr kuni «Chegara bilmas muxbirlar» inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti tomonidan e'lon qilingan, matbuot erkinligi bo‘yicha yillik hisobotda aytiladi.
Halok bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi besh davlat hissasiga to‘g‘ri keladi: Afg‘oniston (15 kishi), Suriya (11), Meksika (9), Yaman (8) va Hindiston (6). Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Capital Gazette nashri tahririyatiga iyun oyida yuz bergan hujum olti jurnalistni hayotdan olib ketdi, deya ko‘rsatiladi xalqaro tashkilot xabarida.
Meksika qurolli to‘qnashuvlar yuz bermayotgan, biroq jurnalistlar juda ko‘p o‘ldirilayotgan davlat hisoblanadi, deb yozadi «Chegara bilmas muxbirlar». 2018 yilning 11 oyida harbiy nizolar hududida jami 44 jurnalist halok bo‘lgan.
2017 yil bilan taqqoslaganda jurnalistika vakillarining o‘ldirilishi qariyb ikki barobarga oshdi - 7 kishidan 13 kishigacha, deya ta'kidlanadi hisobotda.
Bundan tashqari, dunyo bo‘ylab hozirgi vaqtda 348 nafar jurnalist qamoqda saqlanmoqda. Ularning yarmidan ko‘pi beshta mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi - Xitoy, Misr, Turkiya, Eron va Saudiya Arabistoni.
Mavzuga oid
14:46 / 09.06.2024
«Chegara bilmas muxbirlar» tashkiloti rahbari vafot etdi
18:36 / 17.01.2024
«Jurnalist – tahdidlarga qarshi yaxlit va yagona kuch» - faollar prezidentning milliy kontent yaratishga oid chaqirig‘i haqida
13:30 / 29.11.2023
«Chegara bilmas muxbirlar» matbuot erkinligi uchun mukofotlarini topshirdi
16:11 / 11.11.2023