Namangan viloyati hududida 6 va 14 dekabr kunlari eshitilgan kuchli gumburlash ovozlari manbai haligacha sir qolmoqda.
6 dekabr kuni viloyat markazi Namangan shahrida, unga yondosh Mingbuloq, To‘raqo‘rg‘on, Uychi va Chortoq tumanlarida ham kuchli ovoz eshitilgan, aholi sarosimaga tushgandi.
Avvaliga bu ovoz Mingbuloqdagi neft konida olib borilgan geologik qidiruv ishlari bilan bog‘liqligi aytildi. Ammo ko‘p o‘tmasdan «O‘zbekneftgaz» mazkur ma'lumotni qat'iyan rad etib chiqdi.
7 dekabr kuni Kun.uz muxbiri ham kon hududida bo‘ldi va bu yerda portlash yoki neft sizishi alomatlari aniqlanmadi.
6 dekabr kuni eshitilgan ovoz bo‘yicha izoh bergan Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholi tomonidan shu bo‘yicha murojaatlar kelib tushgani, lekin hududdagi gaz quyish shoxobchalarida ham, konda ham favqulodda hodisa ro‘y bermaganini ma'lum qildi.
Viloyat IIB matbuot xizmati esa gumburlash tabiat hodisasi bo‘lishi ham mumkinligini taxmin qilib, o‘rganishlar davom ettirilayotganini ma'lum qildi.
FVV ham, IIV ham ovoz qayerdan kelganini aniqlay olmadi.
Namangancha paradoks. Gumburlashni eshitganlar ovoz haqidagi xabarlarni yolg‘onga chiqarishdi, ovoz qayerdan chiqqani sirligicha qolmoqda14 dekabr kuni Namanganda xuddi shunday qattiq gumburlash ovozi takrorlandi. Birinchi safardagidek uylarning derazalari larzaga keldi. Bu safargi ovoz qo‘shni Andijon va Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlarida ham eshitilgan.
Bu safar dastlab Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
«Ovoz eshitilgani rost. Biz shu zahoti barcha tumanlardagi bo‘linmalar, ichki ishlar, yong‘in xavfsizligi, gidrometeorologiya, seysmologiya xizmatlari bilan tezkor bog‘lanib olgan ma'lumotlarimizga ko‘ra, viloyat hududida hech qanday portlash yoki tabiat hodisasi ro‘y bermagan. Shuningdek, boshqarma navbatchilik qismiga ham fuqarolardan favqulodda holat haqida murojaat kelib tushmadi. Ovozning manbaasi hozircha noma'lum. Uni aniqlash bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda. Sababi aniqlansa, albatta yurtdoshlarimizga ma'lum qilinadi», —















