Quyonlarning bir neça noyob turlari uçraydi. Ulardan biri “Alyaska” zotidir. Ularning nomiga qarab bu quyonlar sovuq mintaqalardan emasligini aytiş mumkin. U 1920 yilda Germaniyada olimlar tomonidan yaratildi. Selektsionerlar tomonidan bunday quyonni urçitişdan közlangan eng asosiy maqsad — Alyaska tulkisidagi kabi qora va oq tolali yungga ega turni yaratiş. Selektsionerlar tajribasi muvaffaqiyatli bölmadi. Ular qora rangdagi yaltiroq tukli jonivor zotini yaratişdi. Biroq bu zotli quyonni qoldirişdi va keyinçalik “Reks” zotini çiqarişda qöllaşdi.

“Alyaska”ning yungi qora rangda. U qalin va yaltiroq, içi moviy rangda tovlanadi. Şuningdek moviy örniga oq rangda tovlanadigan quyonlar ham bor. Bu jihat kamçilik hisoblanadi. “Alyaska” quyonlarining yungi qimmatbaho. Ular Yevropada keng tarqalgan.

Jonivor 3 kilodan 5 kiloça toş bosadi. Böyni deyarli körinmaydi, quloqlari kalta va keng. Urğoçi quyonlarning erkak quyonlardan farqi böyin atrofidagi qöşimça teri.

Bu jonivorlar faol hisoblanadi, şuning uçun ularga keng joy zarur. Bu turdagi quyonlar jazirama va sovuqdan qörqmaydi. Ular tajovuzkor emas. Itoatkor va muloqotni sevadigan. Odamga tezroq könikişlari uçun ularni erta ijtimoiylaştiriş kerak.













