Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Gulnora Karimovaga nisbatan sanksiyalar uzaytirilishi AQShning ichki ishi deb hisoblaydi
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaga nisbatan sanksiyalarning uzaytirilishi Qo‘shma Shtatlarning ichki ishidir. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati Kun.uz muxbiriga xabar berdi.
18 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp «Magnitskiy akti» asosida qator shaxslarga, jumladan Gulnora Karimovaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni uzaytirgani xabar qilingandi.
«Gulnora Karimova sud qilingan va jazoni o‘tamoqda. Bu sanksiyalarni uzaytirish AQSh hukumatining ichki ishi hisoblanadi», dedi Bosh prokuratura vakili.
AQSh Moliya vazirligi 2017 yil dekabrda Gulnora Karimovani «Magnitskiy akti» bo‘yicha sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi. Gulnora Karimova, AQSh fikriga ko‘ra, «biznes ekspropriatsiyasi, bozorlarning monopolizatsiyasi, poralar talab qilish va reket uchun davlat resurslarini ishlatgan qudratli uyushgan jinoiy birlashmaga» rahbarlik qilgan.
Bundan avvalroq Xalqaro press-klub sessiyasi vaqtida bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev Gulnora Karimova belgilangan jazoni o‘tayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Karimova 2015 yilning avgustida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Yana bir jinoyat ishi bo‘yicha tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026