Plimut universiteti (Buyuk Britaniya) olimlarining xulosasiga köra, köplab kundalik narsalar, şu jumladan, plastik öyinçoqlar, keramik buyumlar va böyoqlarda kadmiy oğir metallining yuqori darajasi bor. Bu haqda Phys.org’dagi matbuot uçun xabarnomada aytiladi.

Kadmiy yorqin qizil, töq sariq yoki sariq rang hosil qiliş uçun qöllaniladi, ammo vaqt ötişi bilan böyoq qatlami tuşib keta boşlaydi. Bundan taşqari, metall işlov beriş jarayonida şişa buyumlarga tuşib qolişi mumkin.

Turli qoidalarga köra, muhitda kadmiyning ziçligi millionga 50-800 qismdan oşmasligi kerak. Biroq, ba'zi narsalar yuzasida kadmiy miqdori tavsiya etilgan yoki maqbul darajadan bir neça baravar yuqori bölişi mumkin.

Eski va yangi stakanlar hamda butilkalar yuzasida metallning eng yuqori darajasi aniqlandi. Şu bilan birga, kadmiy suratlar, logotiplar va yozuvlarni yaratişda foydalaniluvçi böyoqlar tarkibida aniqlangan (metall 70 foiz holatda topildi). Şuningdek, u keramikada (millionga 40 ming qism) va eski plastmassa buyumlarda (millionga 35 ming qism) ham topildi.