Toşkentda Rossiya oliy ta'lim muassasalari (OTM) bitiruvçilari forumi bölib ötdi. Tadbir "Rossotrudniçestvo"ning Özbekistondagi vakolatxonasi tomonidan RFning Özbekistondagi elçixonasi qöllab-quvvatlaşi ostida taşkil qilindi.
Facebook'dagi «Rossotrudniçestvo v Respublike Uzbekistan» sahifasida ma'lum qilinişiça, tadbirda RF TIVning xorijdagi vatandoşlar bilan işlaş böyiça departamenti direktori Oleg Malginov, Rossiya Federatsiyasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Vladimir Tyurdenev, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi apparati rahbari örinbosari Sobir Jabborov, "Rossotrudniçestvo"ning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Viktor Şulika, Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xodjayeva, diplomatik korpus vakillari, jamoatçilik taşkilotlari vakillari va Rossiya OTMlari bitiruvçilari qatnaşdi.

Tadbir Rossiya va sovet oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olgan yetakçi özbekistonliklar haqidagi videofilm namoyişi bilan boşlandi.
Vladimir Tyurdenev RF prezidenti taşrifidan söng ikki mamlakat örtasidagi aloqalar rivoji haqida söz yuritdi. Ta'kidlaş joizki, uşbu taşrif doirasida Özbekiston va Rossiya örtasidagi birinçi ta'lim forumi bölib ötgan va uning yakunlariga köra 140 dan ortiq kelişuv imzolangan. Elçining qayd etişiça, Özbekiston Rossiyada ta'lim oluvçi talabalar soni böyiça yetakçi örinni egallaydi, endilikda ta'lim kvotalarini oşirişga doir çoralar körilmoqda. Bundan taşqari, Özbekistonda Rossiyaning qator OTMlari filiallari oçilmoqda.

Forum davomida Rossiya OTMlari bitiruvçilari assotsiatsiyasini yaratiş töğrisidagi qaror qabul qilindi, Assotsiatsiya raisi sifatida bir ovozdan Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahatlaşuv kengaşi a'zosi Sayyora Xodjayeva saylandi. Mazkur assotsiatsiya bitiruvçilar manfaatlarini himoya qiliş, qöşma tadbirlar taşkillaştiriş hamda Rossiya OTM bitiruvçilarini Özbekistondagi davlat muassasalariga işga joylaş imkonini beradi.


















