Professional boksçimiz Şohjahon Ergaşev 2019 yilning 23 fevralida Nyu-York şahrida özining navbatdagi jangini ötkazadi. 

Milliy olimpiya qömitasi xabariga köra, uşbu bahsda özbekistonlik çarm qölqop ustasiga amerikalik yengilmas boksçi Maykl Foks raqiblik qiladi.

Ma'lumot uçun, Şohjahon şu kungaça professional boksda 16 ta jang ötkazgan va ularning barçasida ğalaba qozongan (15 tasi nokaut bilan). Foks esa prof ringda 19 marotaba jang qilib, ularning barçasida raqiblarini taslim etgan. Janglarining 5 tasida u muddatidan oldin ğalaba qozongan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şohjahon Ergaşev Rossiyaning Krasnodar şahrida navbatdagi jangini ötkazib, argentinalik Nazareno Gaston Ruizni nokautga uçratgani xabar qilingandi.