Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yilda 112 trln 251 mlrd so‘mlik kapital kiritiladi
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori bilan 2019 yilda kapital qo‘yilmalarning asosiy parametrlari, 2019 yilda ijtimoiy, uy-joy, muhandislik va transport infratuzilmasi obektlarini ishga tushirish prognozi hamda 2019 yilda obektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi.
“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, mazkur dastur doirasida jami 112 trln 251 mlrd so‘mlik kapital kiritilishi, xususan shundan ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga 4 trln 43 mlrd so‘m, ichimlik suvi ta'minotini yaxshilashga 1 trln 101 mlrd so‘m, avtomobil yo‘llari uchun 1 trln 961 mlrd so‘m, yerlarning meliorativ ahvolini yaxshilashga 353 mlrd so‘m va Orolbo‘yi hududini rivojlanishiga 243 mlrd so‘m kapital kiritilishi hamda 34 trln 213 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri va 22 trln 278 mlrd so‘mlik davlat kafolati asosidagi xorijiy investitsiya va kreditlar ajratilishi belgilangan.
Shuningdek, qaror bilan alohida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, 2019 yilda obektlar qurish va ularni rekonstruksiya qilish manzilli dasturi hamda markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan 14 va markazlashtirilmagan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan 2 ta manzilli dasturlar ham tasdiqlandi.
Shu bilan birga, qarorga asosan quyidagi ro‘yxatlar ma'qullandi:
2019 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashni jadallashtirish talab etiladigan investitsiya loyihalari ro‘yxati;
2019 yilda ko‘rib chiqiladigan istiqbolli investitsiya va infratuzilma tarmoq loyihalari ro‘yxati;
2019 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan, qurilishi va rekonstruksiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan obektlar ro‘yxati;
2019 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ijtimoiy soha obektlari ro‘yxati.
Qurilish hamda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayonlariga tegishli vakolatga ega bo‘lmagan shaxslarning aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mavzuga oid
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
11:55 / 12.06.2026
Namanganda “chempion” tadbirkorlar va yirik investitsiya loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
19:52 / 09.06.2026