18 dekabrdan buyon Andijon, Namangan va Farğona viloyatlaridagi avtomobillarga metan gaz quyiş şoxobçalari, oddiy xalq tili bilan «zapravka»larda oxiri yöq navbatlar paydo böla boşladi.
Har yili qiş fasli kelganida ana şunday muammolar kelib çiqişi odatiy holga aylanib qolmoqda. Bahorning birinçi oyidan boşlab «Ijtimoiy-iqtisodiy soha obektlarini kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş» töğrisida hujjatlar qabul qilinadi. Lekin, heç qişga tayyor bölmaymiz.
«Muxbir aka, Namanganning «Gözal» mavzesidagi ikkita metan «zapravka»da 5 kilometrlik turnaqator navbat. Viloyat hududidagi barça metan gaz quyiş şoxobçalarida şu ahvol. Suratlarni köring», deydi tahririyat bilan aloqaga çiqqan murojaatçi.

Şu kunning ertasiga Andijon şahri atrofidagi hududlarda ham uzundan-uzun navbatlarga guvoh böldik. Andijon tuman Xirabek qişloğida joylaşgan «zapravka»dagi maşinalar sonini sanab tugatib bölmadi.

«Beş-olti soatdan beri navbatda turibmiz. Sababini bilişga yordam bering. Qaçongaça, bu holat davom etadi», deydi haydovçilar.
Farğonalik haydovçilar ham uzunligi tört kilometrlik maşinalar navbatini videolavhaga olib jönatişibdi. Tasvirlarni kördik. Darhaqiqat, Uçköprik tumani va Qöqon şahridagi haydovçilarga havas qilib bölmaydi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Murojaat qilgan kişilar muammoning sababini söraşmoqda. Biz esa metan gaz şoxobçalaridan savolga javob izlaymiz.
Sabablar doimgidek:



















