Yolğizlik — global muammo. Statistikaga köra, Yaponiya aholisining yarim millionga yaqini ijtimoiy izolyatsiyadan aziyat çekadi, Buyuk Britaniyada esa dunyodagi ilk yolğizlik masalalari böyiça vazir paydo böldi. Tadqiqotlarga köra, yolğizlik soğliğimizga jiddiy ta'sir körsatadi. Jamiyatdan surunkali izolyatsiya kuniga 15 dona sigareta çekiş kabi zararli.

“Şaharlarning tuzilişi ijtimoiy aloqalarni mustahkamlaşi ham, yoki ularga putur yetkazişi ham mumkin”, — deyiladi Avstraliyaning Grattan Institute tahliliy agentligi hisobotida.
Axir haqiqatan ham — içi odamlar bilan liq töla lift kabinasida yuzaga keladigan noqulay sukunatni bir eslab köring. Ana endi ota-onalar doimiy muloqot qiladigan bolalar maydonçasi haqida öylang. Ayrim joylar tabiiy ravişda odamlar örtasidagi muloqotni yuzaga keltirsa, boşqalarida bu jihat mavjud emas.
Uinston Çerçill binolarga biz şakl berişimiz, ular esa bizni şakllantirişini aytgan edi. Ayrim hollarda arxitektorlar özlari istamagan holda bizning ruhiy holatimizga salbiy ta'sir körsatadigan şahar landşaftini yaratişadi.
Yolğizlik muammosini yengiş uçun şaharlar tuzilişini qanday özgartiriş mumkin? Melburn dizayn maktabi talabalari quyidagi yeçimlarni taklif etişdi.
Sönggi marta temir yöl bekatida turib, poyezdni kutganingizni eslab köring. Vaqt tezroq ötişi uçun hamma usullarni qöllaysiz, biroq atrofdagi odamlar bilan suhbatlaşiş xayolingizga ham kelmaydi. Diana Ong bekatlarni “ijtimoiy munosabat uçun belgilar” bilan jihozlaşni taklif etadi. Mişel Karnau esa vagonlarni “hissiy qabul qiliş kabinkalari”ga aylantirib, u yerda galereyalarni öxşagan biror nimani örganiş va yölda ketiş mobaynida bir-birining hikoyasini tinglaş uçun şaroit yaratiş kerak deb hisoblaydi. Yöl zerikarli bölişi kerak deb kim aytgan?
Yolğizlik bilan kuraşişning yaxşi usullaridan biri uy hayvoni boqiş. Biroq unga ğamxörlik qiliş uçun hammada ham yetarli vaqt bölmaydi. Tszi Ye bitta uy hayvonining bir neça egasi bölişini taklif etmoqda. Itni Puppy Society yordamida tanlaş, keyin esa u bilan muloqot qiliş uçun maxsus makonga keliş.

Deniz Çan markaziy Melburn köçalarini örganib, u yerda odamlar köp bölmasligini kuzatdi. U köçalarni boğlar, mutolaa uçun maxsus joylar va köça mebeli yordamida gavjumlaştirib, odamlarni ana şunday joylarga köproq taşrif buyurişga undamoqda.
















