Islomobod antikorruptsion sudi Pokiston sobiq boş vaziri Navoz Şarifga nisbatan 7 yilga ozodlikdan mahrum qiliş va 2,5 million dollar jarima tölaş töğrisida hukm çiqardi, deb xabar berdi Geo TV telekanali.
Telekanalning ma'lumot berişiça, sobiq boş vazir korruptsion sxemada iştirok etişda aybdor deb topilgan. Xususan, u Saudiya Arabistonida joylaşgan "Al-Aziz" pölat qöyiş zavodining sotib olinişi qonuniy bölganligini sudga isbotlab berolmagan. Flagship Investment investitsiya firmasi bilan boğliq iş böyiça esa u oqlangan.
Hukumat hukm e'lon qilinganidan söng Islomobodda Şarifning tarafdorlari tomonidan ommaviy tartibsizliklar uyuştirilişini kutmoqda. Şu sababli politsiya poytaxtda xavfsizlik çoralarini kuçaytirdi.
Şarif ötgan yilning iyulida OAVda çop etilgan maqoladan söng boş vazir lavozimidan çetlaştirilgandi. Ma'lumotlarga köra, sobiq boş vazirning farzandlari Virgin orollarida ofşor hisob raqamlarga ega bölişgan hamda Londonda qimmatbaho köçmas mulkka egalik qilişgan. Uşbu mulk qaysi mablağga sotib olinganligi borasidagi şubhalar tergov boşlanişiga sabab bölgan.













