Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlanishi mumkin:

Yakkabog‘ tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari;

sanoat yo‘nalishida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;

qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;

turizm va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;

ta'lim muassasalari, sog‘liqni saqlash, madaniyat obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;

yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;

qishloq xo‘jaligi sohasida yer maydonlaridan oqilona foydalanish va irrigatsiya tizimini yaxshilash bo‘yicha manzilli dastur.

Qashqadaryo viloyati hokimligi (Ro‘ziyev) tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda:

Dasturdagi ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda tarmoq jadvallarini bir oy muddatda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash bo‘yicha nazarda tutilgan ishlarning tasdiqlangan parametrlarga muvofiq jadal bajarilishini ta'minlash yuzasidan zarur choralar ko‘radi.

Dastur parametrlarining bajarilishini ta'minlash bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Ishchi guruh tarkibi tasdiqlanishi mumkin.