Jahon | 11:14 / 28.12.2018
48725
1 daqiqa o‘qiladi

2019 yilda talab katta bo‘ladigan kasblar e'lon qilindi

Foto: Depositphotos

Ish qidirish bo‘yicha Superjob.ru servisi analitiklari 2019 yilda talab katta bo‘ladigan kasblar ro‘yxatini tuzishdi.

Ularning fikricha, kelgusi yilda iOS va Android ilovalar ishlab chiqaruvchilarga talab kuchli bo‘ladi.  

Analitiklar shuningdek, turli platforma va saytlar interfeyslarini yaratish bilan shug‘ullanadigan UI/UX-dizaynerlarga talab yuqori darajada bo‘ladi deb hisoblashmoqda.  

Bundan tashqari, QA /sinov o‘tkazuvchi mutaxassislarga talab kuchli bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ma'lumotlarni tahlil qiluvchi mutaxassislarga bo‘lgan talab ham oshadi. Bu kasb egalariga IT-kompaniyalar, moliya tashkilotlari, savdo va xizmat ko‘rsatish kompaniyalarida talab katta bo‘ladi.  

Mavzuga oid