Bugun, 28 dekabr kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida «Özavtosanoat» AJ 2018 yil islohotlari mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi.

Anjumanda «Özavtosanoat» AJ rahbarlari, yetakçi mutaxassislari iştirok etişdi va jamiyat faoliyatiga oid ma'lumotlar berişdi.

«Özavtosanoat» 2018 yilda 220 ming dona yengil avtomobil işlab çiqardi

Ma'lum qilinişiça, hozirga kelib «Özavtosanoat» AJ tarkibida 50 nafardan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda, kompaniya tizimida 27 ming kişi işlayapti.

«Özavtosanoat» korxonalari tomonidan 2018 yil davomida 220 ming dona yengil avtomobil, 845 dona avtobus, 4240 dona yuk avtomobillari işlab çiqarilgan. Yillik mahsulotning umumiy hajmi 26,4 trln sömni taşkil qiladi.

GM «Özavtosanoat»dagi uluşini sotdi, endi yangi modellar qayerdan olinadi?

«Özavtosanoat» boşqaruv raisi örinbosari Umidjon Salimov «Özavtosanoat»dagi uluşini sotgan GM Uzbekistan endi yangi modellar qayerdan olinişi haqidagi savolga javob qaytardi.

«GM bizga faqat jamiyatdagi öz uluşini sotdi xolos, lekin texnik hamkorligimiz avvalgiday davom etaveradi, amalda heç narsa özgarmaydi. «Oçiq osmon» ostidagi savdolarga kelsak, biz bozorlarda ham öz mahsulotimizni taqdim qilişni istagan edik, bu savdolar kutilganidan ham yaxşi natija berdi va bunday aksiyalar davom ettiriladi», deya Salimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qoyil, «Özavtosanoat» ham çegirma berarkan!

Umidjon Salimov bergan ma'lumotlarga qaraganda, «Özavtosanoat» öz tarixida birinçi marta çegirma aksiyasini e'lon qilgan.

«Bu mahsulotimiz sotilmay qolganidan emas, avtomobillarimiz har doimgiday yaxşi sotilmoqda. Bunday aksiya, ya'ni çegirma jamiyatimiz tarixida birinçi marta kuzatilayotgani sababi biz ham jahon tajribasidan kelib çiqib, xaridorlarimizga yoqimli sovğalar taqdim etmoqçimiz. Yangi yil arafasidagi aksiya doirasida avtomobillarga 100 foiz tölov qilgan mijozlar 1,5 foizli çegirmaga ega bölişadi», degan Salimov.