Surxondaryo viloyati, Uzun tumani «Agromonitoring markazi» xodimlari Kun.uz tahririyatiga maktub yöllab, 21 059 981 (yigirma bir millon ellik töqqiz ming sakson bir) sömlik iş haqlari sakkiz oydan buyon tölab berilişi paysalga solinayotganiga jamoatçilik e'tiborini qaratişda yordam söragan.
Maktubda bayon qilinişiça, Özbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, ATB «Agrobank» respublika boşqaruvi va «Özpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati «Agromonitoring markazi» MÇJ xodimlarining 2018 yil yil 1 apreligaça iş haqidan bölgan qarzdorliklarni xatlovdan ötkazib, töliq tölab berilişini ta'minlaşlari lozim bölgan. Bu haqida 2018 yil 17 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri raisiligida ötkazilgan qişloq xöjaligida iqtisodiy islohotlarni çuqurlaştiriş böyiça Respublika komissiyasi yiğilişida tegişli topşiriqlar berilgan bölsa-da, bayonnomaning 2.5-bandi ijrosini bajariş şu kunga qadar ortga surib kelinmoqda.
Jamiyat xodimlari (jami 5 nafar) Özbekiston prezidentining Xalq qabulxonasi, Özbekiston boş vaziri, Moliya vazirligi, Qişloq xöjaligi vazirligi, Özbekiston boş prokurori, «Özpaxtasanoat» AJ, Surxondaryo viloyati Bandlik boş boşqarmasi, Surxondaryo viloyati prokuraturasi, Uzun tuman prokuraturasiga muammo yuzasidan yöllagan murojaatlari natijasiz qolmoqda.
Vaholanki, Moliya vazirligining javob xatida «Agromonitoring markazlari paxta tozalaş korxonalari, don mahsulot korxonalari, neft korxonalari «Özagrolizing» AJ va «Özagroservis» AJ tizimi korxonalari ta'sisçiligida taşkil etilganini hisobga olib, Moliya vazirligi, «Özpaxtasanoat» aksionerlik jamiyatidan «Agromonitoring markazi» MÇJning iş haqidan bölgan qarzdorligini tölab beriş çoralarini köriş söralgan.
Viloyat prokuraturasi tomonidan aniqlik kiritilişiça, Uzun tumani «Agromonitoring markazi» MÇJ AT «Agrobank» Uzun tuman filialida 2017 yil 2 martda hisob raqamini oçib öz faoliyatini yurita boşlagan. 2017 yil davomida Uzun tumani «Agromonitoring markazi» MÇJning hisob raqamiga jami
29,1 mln söm mablağ kelib tuşgan. Şundan fermer xöjaliklarining imtiyozli kredit resurs mablağlari hisobidan 20,9 mln, «ÖZGAZLIZING» AJdan 3,7 mln, «Termiz neft» UKdan 2 mln söm, Uzun tuman MTPdan 2,5 mln söm pul mablağlari ustav fondini şakllantiriş uçun tuşgan. Biroq, iş haqini undirişga oid biror amaliy çoralar körilmagan.
Ma'lum bölişiça, Surxondaryo viloyati Moliya boşqarmasi, viloyat «Agrobank» ATB va viloyat «Özpaxtasanoat» AJga boş vazir tomonidan 2018 yil 17 aprelda tasdiqlangan bayonnomani ijro qiliş uçun tegişliligi böyiça respublika idoralari tomonidan biror körsatma yoki topşiriq berilmagan. Şu sababli, «Agromonitoring markazi» MÇJning iş haqidan qarzdorligini bartaraf etiş çoralari körilmay qolgan.


















