31 dekabr kuni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş assambleyasi BMT muntazam byudjyetiga 3 yil muddatga davlatlar tölovlarining yangi şkalasini tasdiqladi. Özbekistonning taşkilot byudjyetidagi uluşi 0,032% foizni taşkil etadi. Bu haqda Aziya-Plyus xabar bermoqda.
AQŞ maksimal darajada - BMT barça xarajatlarining 22 foizini tölaşda davom etadi. Xitoy bir neça ön yil içida birinçi marta Yaponiyani ortda qoldirdi va BMT muntazam byudjyetida hisob böyiça ikkinçi eng yirik tölovçiga aylandi.
Har bir a'zo davlatning hissasi BMT umumiy xarajatlaridan foizda hisoblanadi. Har uç yilda bir marta davlatlar tölov qobiliyati qayta körib çiqiladi. Hisoblaş milliy yalpi daromad körsatkiçlarini e'tiborga oladi.
2019-2021 yillar mobaynida eng kam rivojlangan mamlakatlar uçun maksimal tölov stavkasi 0,011 foizdan, badavlat davlatlar uçun esa - BMT muntazam byudjyetining 22 foizidan oşmasligi kerak.
AQŞ BMT muntazam byudjyetiga umumiy miqdorning 22 foizini tölaydi, Xitoy - 12,005 foiz, Yaponiya - 8,564 foiz, Germaniya - 7 foizdan kamroq, Fransiya - 4,427 foiz, Braziliya 2,9 foiz, Kanada - 2,734 foiz, Rossiya - 2,405%, Avstraliya - 2,210%, Qozoğiston - 0,187%, Litva - 0,071%, Ukraina - 0,057%, Belarus - 0,049%, Ozarboyjon - 0,049%, Latviya - 0,047%, Estoniya - 0,039%, Turkmaniston - 0,033%, Özbekiston - 0,032%, Gruziya - 0,008%, Armaniston - 0,007%, Tojikiston - 0,004%, Qirğiziston - 0,002%.
Agar davlatlar BMT oldida moliyaviy majburiyatlarini öz vaqtida bajarmasa, boş assambleyada ovoz beriş huquqini yöqotadi.

















