Xitoy öta past çastotalarda (ELF) işlaş uçun, ölçami Nyu-Yorkdek keladigan ulkan antennani qurib bitkazdi. Ta'kidlanişiça, majmua rasman zilzilalardan erta ogohlantiriş va geologorazvedka uçun qurilgan, biroq köplab omillar uning asosiy vazifasi harbiy maqsaddan iboratligiga işora qilmoqda.
ELF loyihasi ustida 2006 yildan beri iş olib borilgan. Xuaçjun viloyatida qurilayotgan bu antennadan taşqari, Xitoyning turli hududlarida ma'lumotlarni uzatiş va qayta işlaş markazlari barpo etilgan. Öta past çastotadagi radiotölqinlar yer ostiga çuqur kirib boradi, şu sababli ELF’ning antenna panjaralari foydali qazilmalarni qidiriş uçun qöllanişi mumkin. Toğ-kon kompaniyalari bu maqsadda kiçikroq ölçamdagi georadarlardan foydalanişadi. ELF’ni, şuningdek, yer qobiği ostidagi massalarning harakatini nazorat qiliş uçun qöllaş mumkin, bu esa zilzilalardan erta ogohlantirişda yordam beradi.
Biroq öta past çastotali radiotölqinlar nafaqat yer ostiga, balki suv ostiga ham kirib boradi. Şu sababli ular suv osti kemalari aloqasi uçun keng qöllanadi. Suv osti kemasining asosiy jihati uning yaşirinligi hisoblanadi, sirtga kötarilmay suv osti kemasidagi qömondonlik bilan aloqa qöllab-quvvatlaşning yagona yöli öta past çastotali radiotölqinlar hisoblanadi.
Antenna qurilişini Xitoyning 724-ilmiy-tadqiqot instituti nazorat qilgan. Tizimning komponentlaridan biri Janubiy Xitoy dengizida, Xaynan oroli yaqinida joylaşgan. Bu yerda Xitoy suv osti kuçlarining eng yirik bazasi joylaşgan. “Uruş boşlansa, bu loyiha muhim ahamiyatga ega böladi”, deb aytgan geologiya instituti xodimi Çen Syaobin.
Xitoy dunyodagi eng katta suv osti flotiga ega. Bu flot 84 dizel-elektr va atom suv osti kemalaridan iborat.

















