Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Luvr tashrif buyurishlar soni bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi
2018 yilda Luvrga tashrif buyurganlar soni 10 mln kishidan oshib ketdi, bu rekord hisoblanadi. Bu haqda payshanba kuni muzey direktori Jan-Lyuk Martinez ma'lum qildi.
«O‘z tarixida birinchi marta, mening fikrimcha, muzeylar tarixida ilk bor, 2018 yilda 10 mln.dan ortiq kishi Luvrga tashrif buyurdi», - deya Martinezning so‘zlarini keltiradi AFP.
Belga agentligi xabariga ko‘ra, Martinezning fikricha, rekord Fransiya poytaxtidagi hujumlardan so‘ng kuzatilgan, tashrif buyurish soni kamayib ketishidan keyin «Parijda xalqaro turizm tiklangani» tufayli yangilandi.
Luvrning avvalgi rekordi 2012 yilga tegishli bo‘lib, o‘shanda 9,7 mln kishi tashrif buyurgandi.
Luvr qirollik saroyi badiiy muzey sifatida 1793 yilda ochilgan. Uning birinchi ekspozitsiyasida 537 surat va 124ta boshqa madaniy obektlar bo‘lgan. Hozirda Luvr - dunyodagi eng yirik muzeylardan biri.
Mavzuga oid
15:32 / 09.04.2026
Prezident yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyini borib ko‘rdi
08:56 / 30.03.2026
Italiyadagi muzeyda yirik o‘g‘irlik: uch shoh asar yo‘qoldi
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
16:02 / 26.02.2026