2019 yil 1 yanvardan boşlab, Özbekiston soliq tizimida qöşilgan qiymat soliğini (QQS) amaliyotga tatbiq etiş boşlandi. Şu bilan birga, tovarlar xarid qilinganda, mahsulotga belgilangan narx tarkibidagi QQS miqdori xarid çekida ifodalanişi köpçilikda xavotir uyğotmoqda. Ya'ni, tovarlarga QQS qöşilib, narx-navo oşib ketyaptimi?
Uşbu savolga javob berişdan avval, QQS nima ekanini anglab oliş lozim. Qöşilgan qiymat soliği bilvosita soliq hisoblanib, mazkur soliq summasi mahsulot qiymatiga kiritilganligi uçun uning haqiqiy tölovçisi bölib mahsulotni işlab çiqaruvçi emas, balki şu mahsulotning oxirgi iste'molçisi hisoblanadi.
Hisobga oliş mexanizmi orqali QQS tölaşning afzalligi ortadi. Masalan, korxona şokolad işlab çiqariş uçun boşqa korxonadan 1200 sömga narxlangan xom-aşyoni sotib oladi. Şundan 200 söm tölov QQS bölib, haqiqatda xom-aşyo tan narxi 1000 sömni taşkil etadi. Işlab çiqarilgan şokolad qiymatini sarflangan xarajatlarni hisobga olgan holda aniqlaymiz:
- xom-aşyo 1000 söm
- işçilarning haqi 600 söm
- boşqa xarajatlar 300 söm
- ustama 600 söm
Şunday qilib, tayyor şokolad mahsulot 2500 sömga aylandi. Uning sotiş narxiga nisbatan 500 söm QQS (tovar va xizmatlarning 20 foizi) qöşilib, sönggi narx hisoblab çiqariladi. Şokoladni yetkazib beriş narxi 3000 sömni taşkil etmoqda. Lekin, uşbu holatda korxona byudjyetga 500 söm emas, balki 300 söm tölaşi kerak. Ya'ni, QQS hisoblaş metodidan foydalangan holda mol yetkazib beruvçi korxonadan xom-aşyo xarid qilayotgan paytda tovar uçun tölangan 200 söm QQS çegirib taşlaş imkoniyati mavjud. Demak, QQS amalga kiritilgan paytda tadbirkor narxni oşirmay turib, köproq daromad olişi mumkin. Yoki iste'molçi tovarlarni arzonroq narxga sotib olişi mumkin.
Yagona soliq tölaş tizimidan farqli jihat şundaki, QQS tizimi böyiça tadbirkor özigaça tölangan qöşilgan qiymat soliğini çegirib taşlaydi, uning mahsuloti (xizmati)ga qöşilgan qiymat soliğini esa iste'molçi tölaydi. Korzinka.uz rahbari Zafar Hoşimov şunday deydi:
«Avvalgi tizim böyiça mahsulot ikkita qöldan ötsa, har bir tadbirkor daromad aylanmasidan soliq tölayvergan. Hozir vaziyat birmunça özgarişidan umidvormiz. Ammo, ayrim masalalarga e'tibor berişimiz kerak. Qişloq xöjaligi sohasida ayrim muammolar ertaga paydo bölişi mumkin», - deydi u.
Hoşimovning aytişiça, ulgurji va çakana savdoda qöşilgan qiymat soliğidan ozod etilgan oziq-ovqat mahsulotlari soni kam. Röyxatdan göşt (mol göşti, qöy göşti, parranda göşti), şuningdek, tirik qoramol va parranda, baliq, kartoşka, piyoz, tuxum, guruç (barça navlar) hamda şakar joy olgan.

















