Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulkka oid bitimlarni rasmiylashtirish soddalashtiriladi
O‘zbekistonda ko‘chmas mulkka oid bitimlarni rasmiylashtirish tizimini soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytiladi.
Hujjat bilan 2019 yil 1 martga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihada:
ko‘chmas mulk obekti kadastr yig‘ma jildini soddalashtirish, kadastr pasportini elektron tizimga o‘tkazish;
ko‘chmas mulk obektlariga oid bitimlar notarial idoralar tomonidan rasmiylashtirilganda bitim haqidagi ma'lumotlarni bazaga kiritish va mulk huquqini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish;
ko‘chmas mulkni begonalashtirish uchun bitimlarni tuzishda kadastr organlari tomonidan amalga oshiriladigan texnik inventarizatsiya o‘tkazish talabini bekor qilish;
ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Internet tarmog‘i orqali buyurtma berish tartibini joriy qilish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - Adliya vazirligi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Davlat raqobat qo‘mitasi.
Mavzuga oid
20:36 / 20.05.2026
Xitoy dunyodagi eng baland gorizontal osmono‘par bino qurilishini yakunladi
14:27 / 20.05.2026
Ko‘chmas mulk bo‘yicha soliqni bozor narxi asosida hisoblash tartibi belgilandi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
20:38 / 07.04.2026